«Memorial» to‘rt nafar jurnalistni siyosiy mahbus deb tan oldi
Antonina Favorskaya, Olga Komleva, Konstantin Gabov va Sergey Karelin siyosiy mahbuslar ro‘yxatiga kiritilgan. Ular «ekstremistik hamjamiyat» deb tan olingan «FBK» bilan aloqalari uchun ta’qib qilinmoqda.
«Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash. Memorial» inson huquqlari loyihasi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash fondi («FBK») bilan aloqada ayblangan to‘rt nafar rossiyalik jurnalistni siyosiy mahbuslar ro‘yxatiga kiritdi. «Biz Olga Komleva, Antonina Favorskaya, Konstantin Gabov va Sergey Karelinni siyosiy mahbuslar deb hisoblaymiz», deya ma’lum qildi 15 may, chorshanba kuni huquq himoyachilari.
Ular Komleva, Favorskaya, Gabov va Karelinga nisbatan «ekstremistik hamjamiyat»da ishtirok etganlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilganini eslatib o‘tdi. «Biz ular aynan nimada ayblanayotgani haqida to‘liq ma’lumotga ega emasmiz: faqat ba’zilari Aleksey Navalniy kanallarida chop etilgan foto- va video-materiallar tayyorlashda ayblanayotganini bilamiz», — deyiladi bayonotda.
Jurnalistlarni «ekstremistik» moddalar bo‘yicha ta’qib etish - yomon amaliyot
Huquq himoyachilari, shuningdek, Navalniy tomonidan yaratilgan tuzilmalarni «ekstremistik hamjamiyat» deb tan olish asosli emasligini, chunki ularning ekstremistik faoliyatiga oid dalillar yo‘qligini ta’kidladi. «Rossiyada RF Jinoyat kodeksining 282.1-moddasini qo‘llash amaliyoti rivojlandi, bunda «ekstremistik hamjamiyat ishtirokchilari» deb e’lon qilinganlar ayblanuvchiga aylanadi. Navalniy hamkorlari va uning advokatlari ushbu modda bo‘yicha ayblangani ana shunday amaliyotning yorqin namunasidir», - deyiladi ma’lumotda.
Antonina Favorskaya - SOTAvision jurnalisti, u siyosiy mahbuslar, jumladan, Aleksey Navalniy ustidan sud jarayonlarini yoritgan. U Navalniy bilan oxirgi videoni suratga oldi va uning o‘limidan keyin Borisov qabristonidan reportaj tayyorladi. Olga Komleva Navalniyning Ufadagi shtabida ko‘ngilli bo‘lgan va Boshqirdistondagi namoyishlar haqida yozgan. Konstantin Gabov Deutsche Welle va Reuters bilan, Sergey Karelin esa Deutsche Welle va AP bilan hamkorlik qilgan.
«Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash. Memorial» loyihasiga ko‘ra, 2024 yil 15 may holatiga ko‘ra, Rossiya koloniyalari va qamoqxonalarida 720 nafar siyosiy mahbus bor.
Mavzuga oid
19:47 / 30.11.2024
Xitoyda josuslikda ayblangan jurnalistga hukm o‘qildi
12:31 / 28.11.2024
GFR rasmiylari RF jurnalistlariga mamlakatni tark etishni buyurmagan
12:27 / 06.11.2024
«Memorial» Chechenistonda erkaklar ommaviy qo‘lga olinayotganini ma’lum qildi
13:30 / 01.11.2024