Iqtisodiyot | 23:10 / 16.05.2024
26078
1 daqiqa o‘qiladi

Soliqlardan eng ko‘p qarzdor qurilish korxonalari ma’lum qilindi 

Qurilish korxonalarining soliqlardan qarzi 820 mlrd so‘mdan oshgani ta’kidlanmoqda. 

Foto: Kun.uz

2024 yil 1 may holatiga qurilish sohasida soliq qarzi 100 mln so‘mdan oshgan korxonalar soni 968 ta, ularning jami soliq qarzi 820,4 mlrd so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, shundan 324,2 mlrd so‘mi, ya’ni 39,5 foizi 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Soliqlardan eng ko‘p qarzdor korxona «Enter Engineering PTE LTD» bo‘lib, uning qarzi qariyb 80 mlrd so‘mga yetgan. «Ko‘prikqurilish» AJ qarzi 64,2 mlrd so‘m, «Mohir quruvchi MChJ» 29,5 mlrd so‘mga teng. 

Mavzuga oid