Jamiyat | 13:17 / 16.05.2024
24620
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metropoliteni xodimi pora olayotgan vaqtida ushlandi

Toshkentda pora olgan metropoliten xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u hibsga olindi.

Foto: Toshkent metropoliteni

«Toshkent metropoliteni» DUK «Harakat» xizmati xodimi X.N. fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, uni 2 000 000 so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishga kelishgan.

Ushbu shaxs fuqarodan 1 000 000 so‘m miqdorda pora olayotgan vaqtida, IIVning Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va «Toshkent metropoliteni» DUK «Rejim tartibini ta’minlash» xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

X.N.ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasining 3-qismi b-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.

Mavzuga oid