O‘zbekiston | 07:04 / 17.05.2024
1861
1 daqiqa o‘qiladi

Tovar sotib olish uchun homiy kerakligini aytib, o‘zganing 50 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi

Toshkent shahrida yashovchi 29 yoshli (ayol) Q.M. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 50 mln so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan. 

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida yashovchi 23 yoshli S.I. sodir etganligi aniqlangan.

S.I. jabrlanuvchi Q.M. bilan Telegram messenjeri orqali tanishib, unga tovar sotib olish uchun homiy kerakligi va pullarini oz fursatlarda 30 foizga ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 50 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan S.I.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid