Qrimda yonib ketgan samolyotlar, Vovchansk uchun jang va shahar aholisi evakuatsiyasi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 814-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Zelenskiy: Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv oblastida Rossiya armiyasi yurishi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirdi.
- Putin Rossiyada Xarkivni egallash rejasi yo‘qligini aytdi.
- RF mudofaa vazirligi 17 mayga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari ukrainlarning 100 dan ortiq dronlarini urib tushirgani haqida ma’lum qildi. Novorossiyskda neft baza va dengiz porti, Tuapseda — neftni qayta ishlash zavodi hujumga uchragan.
- Zelenskiy og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etib qamalganlarni ozodlikka chiqarish evaziga safarbar qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
- The Washington Post: Rossiyaning Xarkiv oblastidagi yurishining ilk kunida Ukraina qurolli kuchlaridagi Starlink terminallari ishlamay qolgan.
- Peterburgda harbiy akademiya binosida portlash ro‘y berdi. Baza ma’lumotiga ko‘ra, yetti kishi jarohatlangan.
Qrimdagi aerodromga zarba oqibatlari sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlarda
15 may kuni Ukraina yaqinda AQShdan yetkazib berilgan ATACMS ballistik raketalari bilan Sevastopoldagi «Belbek» aeroportiga zarbalar yo‘lladi, bu yerda Qora dengiz floti aviatsiyasi kuchlari joylashtirilgan. Zarba samarali bo‘lgan: Maxar kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, raketaning kassetali o‘q-dorilari kamida bitta Su-27 rusumli qiruvchi samolyot hamda MiG-31 rusumli ikkita qiruvchi samolyotni jiddiy shikastlagan. Bu urush boshidan buyon yo‘q qilingan ilk MiG-31 bo‘ldi. Shuningdek, aviatsiya yonilg‘isi ombori hamda bitta MiG-29 quruvchisi zarbaga uchragan.
Maxsus takomillashtirilgan MiG-31 «havo-yer» tipidagi «Kinjal» gipertovushli raketalarini olib yurishi mumkin. Ammo «Belbek»dagi bu samolyot harbiy harakatlarda ishtirok etgani ehtimoli kam.
Xarkiv o‘qqa tutilishidan keyingi yong‘in
17 may kuni Xarkiv oblasti ma’muriyati Rossiya qo‘shini Xarkiv bo‘ylab boshqariluvchi aviabombalar (KAB) orqali zarba yo‘llaganini ma’lum qildi. Bir necha joyga zarba kelib tushgan; bombalar tushgan joylarda yong‘inlar kelib chiqqan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 31 kishi yaralangan. Shundan 16 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ikki kishi — og‘ir ahvolda. To‘rt kishi halok bo‘lgan.
Vovchansk uchun janglar va shahar aholisining evakuatsiya qilinishi
Rossiya armiyasining «Sever» guruhi Xarkiv oblastining Rossiya bilan chegaradan besh kilometr masofadagi Vovchansk shahrini shturm qilishda davom etmoqda. Shaharga ukrain zaxiralari olib kelingan. Janglar bir necha kundan buyon shahar markazi yaqinida, Volchya daryosining shimoliy qirg‘og‘ida olib borilmoqda. Janubiy sohil to‘lig‘icha Ukraina qurolli kuchlari nazoratida.
Ukraina hukumati shaharning janubiy qismidan aholini evakuatsiya qilishda davom etmoqda. Hozirgacha Vovchanskdan 2500 dan ortiq kishi olib chiqilgan.
Mavzuga oid
21:42
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024