O‘zbekiston | 12:33 / 19.05.2024
18718
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Dolzarb qirq kunlik» doirasida qo‘lga olingan yana ikki kishiga sud hukmi o‘qildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentda «Dolzarb qirq kunlik» doirasida qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan yana ikki kishiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 24 apreldagi hukmiga ko‘ra 1985 yilda tug‘ilgan Alibek Shaxrulloyevich Fayziyev Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan aybli deb topilgan.

Sud tomonidan unga nisbatan 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining 14 maydagi hukmiga ko‘ra, 1990 yilda tug‘ilgan Olimjon Shuhratovich Amonov Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi «a» bandi bilan aybli deb  topilgan.

Sud tomonidan unga nisbatan 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mavzuga oid