Baxtiyor Saidov ShHT tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
"Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Uchrashuv Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon xotirasiga sukut saqlash bilan boshlandi.
Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik Belarus Respublikasining ShHT oilasiga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilishi bo‘yicha barcha tartib-taomillar muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklandi.
Bo‘lajak sammitga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ShHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor jihatlari va sohalar bo‘yicha qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Xususan, iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik, transport-logistika, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan ochiq va konstruktiv fikr almashildi.
O‘zbekiston ShHTning mintaqaviy va global miqyosdagi rolini yanada mustahkamlash, uning ulkan salohiyatidan samarali foydalanish, ayniqsa, tashkilotni kengaytirish tarafdori ekani aytildi.
Mavzuga oid
14:17 / 26.11.2024
Baxtiyor Saidov yahudiy ravvinning o‘limi munosabati bilan Isroil elchisiga hamdardlik bildirdi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024
Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
21:21 / 17.10.2024