Toshkentda nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirokida marafon bo‘lib o‘tdi
Poytaxtda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonlash doirasida nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirokida marafon o‘tkazildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan marafon "Biz turlimiz. Biz tengmiz." shiori ostida o‘tkazilib, bolalar, BMT xodimlari va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarni birlashtirdi.
O‘zbekiston maxsus olimpiadasi tomonidan safarbar etilgan 60 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar marafonda ishtirok etdilar.
"Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun sport afzal ekani aniq", – dedi O‘zbekiston maxsus olimpiadasi vitse-prezidenti Gulnora Saidova. – Biz barcha ota-onalar va vasiylarni o‘z farzandlarini rivojlantirish va yangi do‘stlar orttirishga yordam beradigan sport dasturlariga jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga chorlaymiz".
110 nafar, jumladan 60 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirokidagi marafon Toshkentdagi Ekoparkda o‘tkazildi. Ushbu tadbir nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiya holatlariga barham berishga hamda inklyuzivlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi advokatsiya ishlari uchun muhim platforma bo‘ldi. Ushbu tadbir bir qator hamkorlarni, jumladan rivojlanish bo‘yicha tashkilotlar va xususiy sektorni birlashtirdi.
Mavzuga oid
14:21 / 10.12.2024
Ukraina RF va egallab olingan hududlardan 5 nafar bolani qaytardi
16:40 / 25.11.2024
“42 km yugurish unga cho‘t emas” – 54 yoshida marafon chempioni bo‘lgan yangibozorlik o‘qituvchi
11:33 / 23.11.2024
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari joriy etilmoqda
10:53 / 16.11.2024