O‘zbekiston | 11:10 / 31.05.2024
9302
1 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Qudratullayevga qo‘yilayotgan ayblovlarga aniqlik kiritildi

Uning qilmishida odam o‘limi bilan tugagan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati mavjud bo‘lmagan.   

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

28 may kuni Kun.uz’da «Baxti Tashkentskiy»ga oid jinoiy ish sudda ko‘rilmoqda sarlavhali xabar e’lon qilingandi.

Xabarda Baxtiyor Qudratullayev qilmishida Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi g-bandi mavjudligini yozib, uni xatolik tufayli “Odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish” deb talqin qilingan.

Aslida Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi g-bandi uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishni nazarda tutadi.

Shu munosabat bilan saytning avvalgi xabariga tegishli tuzatish kiritildi.

Mavzuga oid