Sport | 13:45 / 04.06.2024
7954
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sportchilarining Parij-2024 o‘yinlariga yo‘llanmalari soni 50 taga yetdi

O‘zbekiston atletlari shu kunga qadar 17 ta sport turi kesimida jami 50 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Foto: MOQ

"Dunyo" xabariga ko‘ra, boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova (-66 kg) kuni kecha yana bir yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. 

Uning litsenziyasi bilan O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun jamg‘arayotgan yo‘llanmalari soni roppa-rosa 50 taga yetdi. Bokschi qizlar ilk bor Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. 

Lisenzion sikl tugagani yo‘q. Hali oldinda o‘zbekistonliklar dzyudo, yengil atletika, kamondan otish, o‘q otish sporti, suzish kabi yo‘nalishlarda yo‘llanmalarga ega chiqishi kutilmoqda.

Mavzuga oid