Jamiyat | 09:46 / 09.06.2024
10798
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mast haydovchi Captiva bilan urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Toshkent shahri, Yashnobod tumanida Captiva urib yuborgan 39 yoshli erkak halok bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

2024 yil 8 iyun kuni soat 00:10 larda Yashnobod tumani “Do‘stobod” MFY Sultonali Mashhadiy ko‘chasida 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi K.S. Captiva mashinasini boshqarib ketayotib, 1985 yilda tug‘ilgan piyoda E.X.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Gazeta.uz’ning xabar berishicha, haydovchi mast bo‘lgan va do‘konlardan birining yonida turgan erkakni bosib ketgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid