Jahon | 16:40 / 10.06.2024
14086
8 daqiqa o‘qiladi

Qo‘lga qurol olgan xarkivliklar va frontda yetishmayotgan shifokorlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 837-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina razvedkasi Astraxan oblastidagi harbiy aerodromda eng so‘nggi rusumdagi Su-57 rusumli qiruvchi samolyot aniq nishonga olingani to‘g‘risida xabar berdi.
  • Sky News xabariga ko‘ra, Ukraina harbiy samolyoti ilk bor Rossiya hududidagi nishonga zarba yo‘llagan. Kanal manbasiga ko‘ra, bu Belgorod oblastidagi qo‘mondonlik punkti bo‘lgan.
  • Rossiyalik harbiylar Chasiv Yarning sharqiy chekkasida biroz ilgarilashga erishdi, deb xabar qilmoqda OSINT-tadqiqotchilar va OAV manbalari.
  • Belgorod oblastining Rakityanskiy rayonida yong‘in ro‘y berdi. «Pepel» nashriga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari o‘q-dori omboriga zarba yo‘llagan.
  • Bloomberg Rossiya afrikalik talabalarni urushga jo‘natayotgani haqida xabar qildi.
  • Saratovda deputatning donosi tufayli Doraning konserti bekor qilindi. Qo‘shiqchi urush haqidagi fikrlari tufayli «taqiqlangan musiqachilar ro‘yxati»ga tirkalgan.

Xarkivda tinch aholi vakillarini qurol ishlatishga o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulot

Rossiya qo‘shini 10 mayda Xarkiv oblastining chegaradosh hududlarida yangi yurish boshlagandi. Iyun oyi boshlariga kelib yurish sur’atlari pasaydi. Bunga ko‘p jihatdan Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi o‘z operativ zaxiralarini ishga solgani sabab bo‘ldi. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivanning hisoblashicha, Rossiyaning Xarkivga yurishi AQSh Ukraina qurolli kuchlariga Amerika qurollaridan RF hududi bo‘ylab zarba yo‘llashiga ruxsat berishi ortidan to‘xtagan. Ammo Rossiya qo‘shini oldinga yurish harakatlarini to‘xtatmayapti, RF qurolli kuchlari muntazam ravishda o‘qqa tutib turgan Xarkiv shahri aholisi esa hujumni qaytarishga tayyorlanmoqda.

Urush faxriylari Xarkiv aholisi vakillariga boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini o‘rgatmoqda. RF qo‘shini Xarkiv bo‘ylab muntazam ravishda raketa zarbalari yo‘llayotgani, bomba tashlab, dronlar bilan hujum qilayotgani tufayli mashg‘ulotlar boshpanalarda o‘tkazilmoqda
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Urush faxriysi Xarkiv aholisi vakillariga jangovar quroldan foydalanishni o‘rgatmoqda
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kursga kelganlarga boshqa ko‘nikmalar qatori qurolni qanday tutish ham o‘rgatilmoqda
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Maxsus qurilmalarsiz nishonni muvaffaqiyatli yo‘q qilish trayektoriyasini hisoblash
Vincenzo Circosta / Anadolu / Getty Images
Nishonga olish va o‘t ochish mashqi. Bu ko‘nikmalar safarbar qilinishini kutayotganlar hamda frontga ko‘ngilli sifatida yo‘l olishga tayyor bo‘lganlar uchun qo‘l kelishi mumkin.
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi ukrain artilleriyachilari

Rossiya qo‘shini butun front bo‘ylab - Xarkivdan Zaporijjya oblasti Rabotine qishlog‘igacha bo‘lgan hududlarda oldinga yurishga harakat qilmoqda. Janglar boshqa bo‘linmalar qatori qirol Daniil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi mudofaalanayotgan Donetsk oblastida ham davom etmoqda.

«Ular biz bu yerdaligimizni bilishadi, ular qo‘rqishadi va izlashadi», — deya hikoya qiladi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada minomyotchisi Vasiliy (bu va quyida keladigan iqtiboslar bo‘linmaning feysbukdagi rasmiy sahifasidan olingan)
Oleg Petrasiuk / Ukrainian 24 Mechanised brigade / AP / Scanpix / LETA
Qirol Daniil nomidagi 24-brigada jangchilari Donetsk oblasti Horlivka yo‘nalishida pozitsiyani ushlab turibdi
Oleg Petrasiuk / Ukrainian 24 Mechanised brigade / AP / Scanpix / LETA
24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada jangchisi Rossiya qo‘shini pozitsiyasi bo‘ylab o‘t ochmoqda
Oleg Petrasiuk / 24th Mechanized Brigade / EPA / Scanpix / LETA
«Urushda mudofaada turganda, halok bo‘lish uchun shunga mos harakat qilish kerak bo‘ladi. Agar barchasini to‘g‘ri qilsangiz, pozitsiyani juda yaxshi egallasangiz, buyruqlarni normal bajarsangiz, bunday sharoitda sizni o‘ldirish umuman oson bo‘lmaydi», — deb hisoblaydi 24-brigada bo‘linmasi komandiri Oleksandr
Oleg Petrasiuk / 24th Mechanized Brigade / EPA / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi barqarorlashtirish punkti

Donetsk oblasti Baxmut shahri yaqinidagi Chasiv Yar uchun janglar bir necha oydan buyon davom etmoqda. May oyida rossiyalik harbiylar shaharning sharqiy chekkalarini shturm qilgan, bu urinish u qadar muvaffaqiyatli chiqmagandi. 9 iyun kuni Ukrainadagi telegram-kanallar Rossiya qo‘mondonligi bir necha kundan buyon Kanal mikrorayonida — Chasiv Yarning sharqiy chekkasida kuch to‘playotganini yozdi. «Ukrainskaya pravda»ning Ukraina qurolli kuchlaridagi manbasi ham rossiyalik harbiylar shaharning sharqiy chekkasida turgani va artilleriya hamda dronlar ko‘magida oldinga siljishga urinayotganini tasdiqlagan. Uning qayd etishicha, ukrainalik harbiylar hamon shahar markazini nazorat qilmoqda. frontning boshqa uchastkalarida bo‘lgani kabi Chasiv Yarda ham Ukraina qurolli kuchlari jangchilariga ukrain shifokorlari yordam ko‘rsatmoqda.

The Kyiv Independent nashri may oyida Chasiv Yar uchun janglar to‘g‘risida e’lon qilgan reportajda harbiy shifokor Dmitro Urakov so‘nggi vaqtlarda jarohatlarning tabiati o‘zgargani haqida gapirgandi. «Bu yerga olib kelinayotgan yaradorlarning 90 foizi yoki FPV dronlar, yoki dronlar tashlagan o‘q-dorilar nishoni bo‘lishgan», — deydi u.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiya qo‘shini dronlardan foydalanishi front chizig‘idan yaradorlarni evakuatsiya qilishni ham qiyinlashtirmoqda. «Avvallari siz yaradorlarni tungi vaqtda transport vositalarida evakuatsiya qilishingiz mumkin edi, ammo endi ularda tungi ko‘rish moslamalariga ega ko‘plab dronlar bor», — degan Urakov The Kyiv Independent muxbiriga va endi jarohatlangan jangchilarni ko‘p hollarda quroldoshlari yoki tibbiyot xodimlari yelkalagan holda olib chiqishiga to‘g‘ri kelayotganini qo‘shimcha qilgan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlarining Chasiv Yarda jang qilayotgan jangchisi, odessalik Kir Sazonov shifokorlar yetishmayotgani haqida aytadi. «Bu taqchillik. Istalgan bo‘linma nafaqat yaxshi shifokor, balki feldsher, sanitardan ham xursand bo‘ladi! Ozgina tibbiy ma’lumotga ega bo‘lganlardan ham», — deya Sazonovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Odessadagi «Dumskaya» nashri
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Bu yerda hech narsa urush haqidagi eski harbiy filmlardagi kabi emas. Kinoda yarador „Sestra!“ deb baqirishi bilan darhol uning oldiga hamshira yetib boradi. Bu yerda esa o‘zing o‘rmalab yurishing kerak. Yoki quroldoshlaring seni orqalab olishadi. Biz shifokorni eng oldingi chiziqqa yubora olmaymiz», — deydi Sazonov
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid