Baydenning o‘g‘li qurolni noqonuniy saqlaganlikda aybdor deb topildi
AQSh tarixida birinchi marta amaldagi prezidentning yaqin qarindoshi federal sudda jinoiy javobgarlikka tortildi.
AQSh sudi hakamlar hay’ati prezident Jo Baydenning o‘g‘li Hanterni qurolni noqonuniy saqlaganlikda aybdor deb topdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 2018 yilda Hanter Bayden qurol sotib olayotganda giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligi haqida yolg‘on ma’lumot bergan. Shuningdek, giyohvand moddalarni iste’mol qilgan davrida o‘qotar qurolga egalik qilgan. AQSh qonunchiligida har ikkala holat ham jinoyat hisoblanadi.
CNN xabariga ko‘ra, AQSh tarixida birinchi marta amaldagi prezidentning yaqin qarindoshi federal sudda jinoiy javobgarlikka tortildi.
Endi Hanter 25 yilgacha qamoq jazosi va 750 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin, ammo CNN maksimal jazoni dargumon deb hisoblamoqda.
Hanter Baydenga nisbatan sud hukmi keyinroq e’lon qilinadi, uning sanasi aniq emas.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024