«Gazprom» gaz ishlab chiqarish hajmini tarixda eng minimal darajaga tushirdi
Kompaniya rekord darajadagi yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda va quduqlarni yopishga majbur.
Yevropa gaz bozorini yo‘qotgan Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi va ishlab chiqarish hajmini o‘z tarixida eng minimal darajaga tushirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda The Moscow Times gazetasi «Gazprom» statistika ma’lumotlariga tayanib yozdi.
2023 yil yakuniga ko‘ra, «Gazprom» tuzilmalari tomonidan gaz qazib olish hajmi 359 milliard kub metrni tashkil qildi. Bu 2022 yilga nisbatan 13 foizga va urushdan oldingi 2021 yilga nisbatan 30 foizga kam.
Ta’kidlanishicha, kompaniyaning o‘tgan yilgi natijalari SSSR Gaz sanoati vazirligi «Gazprom»ga aylantirilganidan beri o‘tgan 34 yil ichida eng yomoni bo‘ldi.
Nashrning ta’kidlashicha, «Gazprom» Yevropani yo‘qotib, yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida ishlagan savdo bozoridan ajraldi. Yevropaga gaz yetkazib berish hajmi 28 milliard kub metrgacha qisqardi, bu 1970-yillarning ikkinchi yarmi darajasiga to‘g‘ri keladi. Endi kompaniya gaz konlaridagi quduqlarni muzlatishga majbur, deb yozdi nashr.
Bundan tashqari, 1990-yillar oxiridan beri birinchi marta «Gazprom» yilni sof foydasiz yakunladi. Bundan tashqari, kompaniya nafaqat yo‘qotishlarni, balki butun tarixidagi rekord miqdorda zarar ko‘rdi - 629 milliard rubl.
Mavzuga oid
13:48 / 19.12.2024
«Gazprom» Italiyaga birinchi marta STG yetkazib berdi
10:54 / 12.12.2024
Avstriyaning OMV kompaniyasi «Gazprom» bilan shartnomani bekor qildi
23:26 / 10.12.2024
Bolgariya Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
11:08 / 10.12.2024