O‘zbekiston | 13:39 / 11.06.2024
3217
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2023 yilda 126 nafar shaxs odam savdosi uchun sudlangan

Jinoyat oqibatida, jumladan, 24 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar jabrlangan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda 2023 yilda Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 126 nafar shaxs sudlanib, ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 42 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (shartli va ozodlikni cheklash) tayinlangan. 

Oliy sud xabariga ko‘ra, sudlanganlarning 111 nafari ayol, 15 nafari esa erkak. Ushbu jinoyat oqibatida 242 nafar shaxs jabrlangan bo‘lib, shulardan 151 nafarini ayollar hamda 24 nafarini 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar tashkil qilgan.

2024 yilning yanvar-may oylarida Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 69 nafar shaxs sudlanib, ularning 52 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 17 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (jarima, shartli va ozodlikni cheklash) tayinlandi.

Sudlanganlarning 53 nafari ayol, 16 nafari esa erkak. Ushbu jinoyat oqibatida 86 nafar shaxs jabrlangan bo‘lib, shulardan 63 nafarini ayollar hamda 14 nafarini 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar tashkil etdi.

Mavzuga oid