Jamiyat | 15:14 / 11.06.2024
4373
1 daqiqa o‘qiladi

Valuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Buxoro viloyatining Romitan tumanida valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Romitan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan H.J. jami 4000 AQSh dollarini fuqaro N.A.dan 50,4 mln  so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan Romitan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.R. jami 3500 AQSh dollarini fuqaro N.D.dan 44,1 mln  so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid