Jahon | 17:30 / 13.06.2024
10257
8 daqiqa o‘qiladi

Okkupatsiya qilingan hududlarda Rossiya kuni va jangchilarni qutqarayotgan shifokorlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 840-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Kriviy Rih bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. To‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 29 kishi yaralandi.
  • AQSh Mosbirja va Milliy kliring markaziga sanksiyalar qo‘lladi. Mosbirja 13 iyundan dollar va yevro bilan savdo qilishni to‘xtatdi.
  • Stoltenberg Ukrainaga qurol yetkazib berish NATOning barcha mamlakatlari uchun majburiyatga aylanishini ma’lum qildi.
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi: Ukraina Rossiyaning Qrimdagi raketa kompleksiga zarba berdi.
  • Financial Times Rossiya bankida Ukrainadan olib chiqilgan to‘rt nafar voyaga yetmagan yetim bolalar haqidagi anketa ma’lumotlarini aniqladi.
  • «Sistema»: yettita kompaniya urushdan keyin paydo bo‘lgan «Rostov patron zavodi»ni sudga berdi. U mudofaa vazirligi nomidan mashinalar sotib olgan va pulini to‘lamagan.
  • Rossiya qo‘shini Kiyev va Ukrainaning boshqa regionlariga dronlar hamda raketalar bilan hujum uyushtirdi.
  • Belgorod oblasti ukrainlar tomonidan o‘qqa tutilishi vaqtida snaryadlardan biri kvartiraga kelib urilgan. Tinch aholi vakili halok bo‘lgan.

Ukraina qurolli kuchlarining Xerson oblastidagi zenit quroli

Xerson oblastida regionning bir qismini okkupatsiya qilgan Rossiya qo‘shini Dniproning o‘ng sohilidagi ukrain qo‘shinlarini muntazam ravishda artilleriyadan o‘qqa tutib, ularning pozitsiyalariga dronlar bilan hujum uyushtirmoqda. Ukraina QK bu hujumlarni qaytarish uchun, boshqa vositalar qatorida ZU-23-2 zenit qurilmalaridan foydalanmoqda. Bu qurollar 1960 yilda SSSRda ishlab chiqilgan, ammo zamonaviy dronlarga qarshi ham samarali bo‘lib chiqdi.

Ukrainaning ZU-23-2 tizimi Xerson oblastida. 2024 yil 11 iyun
Ivan Antypenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainaning okkupatsiya qilingan oblastlarida Rossiya kuni

12 iyun RFda davlat bayrami — Rossiya kuni nishonlandi. Unga bag‘ishlangan tadbirlar Rossiya hukumati «yangi regionlar» deb atovchi Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham o‘tkazildi. Xususan, TASS ma’lumotiga ko‘ra, Luhanskda bayram munosabati bilan «Donbassdagi ilk siringariy» paydo bo‘ldi — Mudofaa ko‘chasidagi sirenalar bog‘ida „Velikaya Pobeda“, „Vetka mira“ va „Krasavitsa Moskva“ kabi nomlardagi 300 tup ko‘chat o‘tqazilgan. RF hukumatiga aloqador hisoblangan «Xalq fronti»ning yoshlar qanoti o‘zini o‘zi e’lon qilgan «DXR» va «LXR»da, shuningdek Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining anneksiya qilingan qismlarida trikolor lentalari va havo sharlari tarqatgan.

Luhanskda Yoshlar saroyi fasadida Rossiya kunida RFning 20 ga 30 metr hajmli bayrog‘i o‘rnatildi
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Donetskda Rossiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marorsimda yoshlarga RF pasportlari tarqatildi 
Sergey Averin / RIA Novosti / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Xerson oblastining Rossiya bosib olgan qismidagi Genichesk shahridagi bayramda RFning 10 ga 15 metr hajmdagi bayrog‘i yoyildi.
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Mariupolda Rossiya kuni munosabati bilan markaziy maydonda tadbir uyushtirildi. Shahar RF qo‘shini tomonidan egallab olinguniga qadar bu joy Ozodlik maydoni deb atalgan, okkupatsion hukumat esa uni Lenin maydoni deb o‘zgartirgan
Aleksandr Suxov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia

Donetsk oblastida Ukrainaning FPV-dronlari operatorlari

Donetsk oblasti mudofaasida boshqalar qatorida qirol Daniil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada ham mudofaani ushlab turibdi. Bu urushda 24-brigada tarkibida ham bo‘lgan dronlar operatorlari muhim rol o‘ynamoqda. Pilotsiz uchar qurilmalar raqibning shaxsiy tarkibi, boshpanalari va o‘t ochish nuqtalariga zarbalar bermoqda. «Kayfiyatimiz qandaymi? Yoz, quyosh, issiq — ishlayapmiz», — deya jangchilardan birining so‘zlari keltiriladi brigadaning feysbukdagi rasmiy sahifasida.

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining mamlakat janubidagi barqarorlashtirish punkti

Donetsk oblastida general Mark Bezruchko nomidagi 110-alohida mexanizatsiyalashgan brigada ham jang qilmoqda. Barqarorlashtirish punktlaridagi harbiy shifokorlar ukrain askarlari hayotini asrab qolishda yordam ko‘rsatmoqda.

Barqarorlashtirish punktlari — mohiyatan barchaga ma’lum bo‘lgan harbiy-dala hospitallaridir, ammo uning funksiyalari cheklangan. Bu yerda ishlovchi vrachlar barcha jarohatlarni tuzatishi shart emas — ular o‘ta og‘ir ahvoldagilarning holatini bemor shifoxonagacha yoki yaxshiroq jihozlangan keyingi barqarorlashtirish punktigacha olib borishga yaroqli holatga keltirishi kerak
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images
Barqarorlashtirish punktlarida sun’iy nafas oldirish apparatlari, UZI, bemorning holatini kuzatish uchun apparatlar, dori-darmon, donorlik qonlari va boshqa ishlatiladigan materiallar bo‘ladi. Bularning barchasini davlat va xayriya tashkilotlari ta’minlaydi
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images
Barqarorlashtirish punktlarida ishlovchi shifokorlarning bir qismini britaniyalik jarroh Devid Nott («Harbiy shifokor» kitobi muallifi va tabiiy ofat hamda qurolli mojarolar hududidagi bemorlar hamda shifokorlarga yordam ko‘rsatuvchi fond asoschisi) o‘qitgan. Gap shundaki, barqarorlashtirish punktlarida ko‘p hollarda harbiy vrachlar emas, balki faqat yaqindagina fuqarolik shifoxonalarida ilk jarrohlik amaliyotlarini bajargan mutaxassislar ishlaydi. Tabiiyki, bunday turdagi jarohatlar bilan anchadan buyon ishlovchi tajribali jarrohlar bu joylarda yetishmaydi. Tibbiy xodimlarga bo‘lgan talabning bir qismi xorijlik ko‘ngillilar (masalan, «Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti) hisobiga qondiriladi.
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images

Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi qismida g‘alla o‘rimi

Rossiya Ukrainaning okkupatsiya ostidagi hududlaridagi g‘allani o‘rib olmoqda, mahsulotni olib chiqmoqda va xalqaro bozorda sotmoqda. Buning uchun foydalanilayotgan sxema haqida 2022 yil kuzida Financial Times nashri ham batafsil yozgandi. 2023 yilda, Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar okkupatsiya qilingan hududlardan qariyb besh million tonna g‘alla olib chiqishgan. «Vajniye istorii» 2024 yil mayida urush boshidan buyon rossiyaliklar Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida  g‘allani olib chiqishda foydalaniladigan 500 ga yaqin kompaniya ro‘yxatga olinganini xabar qilgandi. Bunday kompaniyalar orasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning atrofidagi odamlarga aloqadorlari ham bor.

Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismidagi Gornostayevka qishlog‘ida g‘alla o‘rimi. 2024 yil 11 iyun
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia

Mavzuga oid