Vengriya o‘zbekistonlik futbolchilarni xorijga transfer qilishda yordam berishi mumkin
O‘zbekiston va Vengriya futbol sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilmoqda.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning sport olamida mashhur Sportfive Hungary kompaniyasi bosh direktori Andrash Igaz bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Unda O‘zbekistonda futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Andrash Igaz O‘zbekiston tomoni bilan futbol infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Sportfive Hungary kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab stadionlarni loyihalash, qurish va sport inshootlarini operativ boshqaruvini amalga oshiradi, savdo va marketing bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, mazkur kompaniya Vengriyada ikkita stadionni boshqaradi va "Ferensvarosh" futbol klubiga homiylik qiladi.
Muloqot davomida Budapeshtda O‘zbekiston va Vengriya futbol klublari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil qilish, futbolchilarni xorijga transfer qilish va stadionlarni operativ boshqarish yo‘nalishlarida aloqalarni yo‘lga qo‘shish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
12:41 / 21.12.2024
Polsha sobiq amaldoriga Vengriyada boshpana berilganidan norozi
21:33 / 20.12.2024
Viktor Orban Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan oldin Trampning inauguratsiyasini kutmoqchi
14:03 / 12.12.2024