Donetsk oblastida ishlayotgan sapyorlar va Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 850-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyaning Xarkiv bo‘ylab 22 iyun kuni kunduzi yo‘llagan zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 50 dan ortiq kishi yaralandi.
- DXRdagilar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan yo‘llangan zarba tufayli uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi, Belgorod oblastida ham bir qurbon bor.
- 22 iyunga o‘tar kechasi Rossiya Zaporijjya va Lviv oblastlarida energetika infratuzilmalari obektlari bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi.
- Ivano-Frankovsk o‘qqa tutilishi oqibatida Neft va gaz milliy texnika universiteti korpusi shikastlandi.
- Niderlandiya mudofaa vaziri Kaysa Ollongren mamlakatUkrainaga yetkazish uchun Patriot tizimining yetishmayotgan qismlarini to‘plagani haqida e’lon qildi.
- Slovakiya hukumati Ukrainaga qiruvchilar va havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berishga qaror qilgan oldingi hukumatning harakatlarini tekshirishni talab qildi.
- Pentagon Ukraina qurolli kuchlariga Amerika qurollaridan Rossiyaning barcha chegaradosh hududlari bo‘ylab zarbalar yo‘llashga ruxsat bergan.
- YeI va Ukraina o‘rtasidagi a’zolik bo‘yicha rasmiy muzokaralar 25 iyun kuni start oladi.
- Krasnodar o‘lkasida ukrain dronlari hujumi oqibatida qozonxona xodimi halok bo‘ldi.
Kun voqeasi. Xarkiv shahri o‘qqa tutilishi
Ukraina qo‘shini Rossiya armiyasining Xarkiv atrofidagi yurishini to‘xtatishga erishgan bo‘lsa-da, shahar muntazam ravishda Rossiya qurolli kuchlari tomonidan raketa va artilleriya zarbalariga duchor bo‘lishi davom etmoqda. Bunday hujumlarning navbatdagisi 22 iyun kuni kunduzi ro‘y berdi. Xarkiv rasmiylariga ko‘ra, shaharga to‘rtta boshqariluvchi aviabomba tashlangan. Ulardan biri besh qavatli uy ustiga tushgan. Boshqa fuqarolik infratuzilma obektlari ham shikastlangan — jamoat transporti bekati, do‘konlar, aholi yashamaydigan boshqa binolar. Uch kishi halok bo‘lib, 56 kishi yaralangan. Bombalardan birining qulashi avtomobil videoregistratori orqali yozib olingan.
Donetsk oblastida kundalik hayot
Donetsk oblasti bu yozda RF qurolli kuchlarining yoppasiga yurish amaliyotlari o‘tkazayotgan hudud bo‘lib qolmoqda. Rossiya qo‘shini Ukraina qurolli kuchlari mudofaasini bir vaqtning o‘zida frontning bir necha uchastkasida — Chasiv Yar vaToretsk atrofida, Kuraxovo yo‘nalishida hamda Avdiyivka atrofidagi hududlarda yorib o‘tishga harakat qilmoqda. Shunga qaramay, RF qo‘shini bostirib kelayotgan hududlarda hayot davom etmoqda.
Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetining Harbiy institutida bitiruv kechasi
Donetsk oblasti Selidovo shahri o‘qqa tutilishida halok bo‘lganlar
Selidovoda Rossiya aviazarbasi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangan, deya ma’lum qilgan mahalliy rasmiylar. Xabar qilishlaricha, turar joy qurilmasi zarba hududida qolgan: bir necha besh qavatli uylar, xususiy turar joylar va avtomobil shikastlangan.
Selidovo so‘nggi haftalarda muntazam ravishda Rossiya armiyasi tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Shahar Rossiya faol yurish qilishga intilayotgan Avdiyivka frontidan bir necha kilometr masofada joylashgan.
Ukraina qurolli kuchlari Serebryansk o‘rmonida himoyalanmoqda
RF qurolli kuchlari 2022 yil bahorida Luhansk oblastidagi Kreminna shahrini egallab olganidan keyin uning atrofidagi Serebryansk o‘rmonzorlari ustidan ham nazorat o‘rnatishga harakat boshlagan. Hudud uchun janglar shu vaqtga qadar turli intensivlikda davom etmoqda.
Ukraina qurolli kuchlarining frontning mazkur uchastkasida jang qilayotgan bo‘linmalari qatorida Milliy gvardiyaning 1-alohida topshiriqli operativ brigadasi ham bor. Brigada og‘ir zirhli texnikalar va artilleriya bilan qurollangan.
Donetsk oblastidagi ukrain sapyorlari
Urush Ukrainani dunyoning eng minalashtirilgan mamlakatiga aylantirdi. Minalar va kichik portlovchi qurilmalar Ukraina hududining uchdan bir qismini egallab olgan — va minalardan tozalash ishlariga o‘nlab yillar ketadi. Quyida Ukraina qurolli kuchlarining 93-brigadasi sapyorlari Donetsk oblastidagi hududlarda qanday ish olib borayotgani ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024