Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari va Xarkivni himoya qilayotgan dron operatorlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 852-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketini qabul qildi.
- Sevastopolda favqulodda holat rejimi joriy etildi — bu shahar Ukraina qurolli kuchlarining raketa zarbasiga yo‘liqishidan keyingi kunda bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, plyajga urib tushirilgan raketa parchalari tushishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 150 dan ortiq kishi yaralangan.
- Sevastopolga amerikaliklar raketasi bilan zarba yo‘llangani tufayli AQSh elchisi Rossiya TIVga chaqirildi.
- Ukraina RFning muzlatilgan aktivlaridan kelgan daromadlar hisobidan birinchi transhni keyingi haftada oladi.
- Donetsk oblasti Pokrovsk shahrida raketa zarbasi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. 40 dan ortiq kishi yaralangan.
- Zelenskiy ukrain dronlari shu vaqtgacha Rossiyaning 30 dan ortiq neftni qayta ishlash zavodlari, terminallari va neft saqlanadigan bazalarini nishonga olganini ma’lum qildi.
- Zelenskiy armiya birlashgan kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Yuriy Sodolni lavozimidan oldi. Uning o‘rnini brigada generali Andrey Gnatov egallagan.
Pokrovsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Donetsk oblastida Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqiniga qadar 60 mingdan ortiq kishi yashagan Pokrovsk shahri muntazam ravishda rossiyalik harbiylarning zarbalariga uchramoqda. Pokrovskning markaziy qismi jiddiy vayron bo‘lgan, degandi may oyida shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Sergey Dobryak. 24 iyun kuni kunduzi RF qo‘shini Pokrovsk bo‘ylab navbatdagi raketa zarbasini amalga oshirdi.
Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari
RF qo‘shini 24 iyun kuni Odessa bo‘ylab ham raketa zarbalari yo‘lladi. Region rahbari Oleg Kiper to‘rt kishi yarador bo‘lgani haqida xabar qilgan.
Xarkiv atrofida ukrainalik dron operatorlari
Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv va Vovchansk atrofida Rossiya qo‘shinlariga qarshi hujumlar amalga oshirishga harakat qilmoqda. Bu yo‘nalishda, boshqa kuchlar qatorida Xarkivdagi 92-alohida shturm brigadasining «Axilles» nomli zarbdor pilotsiz aviatsiya batalyoni ham jang qilmoqda.
Sevastopol o‘qqa tutilishi qurbonlari xotirasiga yodgorlik
Anneksiya qilingan Sevastopolda 23 iyun kuni raketa parchalari shahar plyajiga quladi. O‘qqa tutish oqibatida, shahar ma’muriyatiga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, jumladan ikki bola ham. 150 dan ortiq kishi jarohatlangan. RF mudofaa vazirligi zarba «Amerikaning kassetali o‘q-dorilariga ega ATACMS raketalari» bilan zarba berilganini ma’lum qilgan. Ukraina hukumati raketa zarbasi uchun javobgarlikni rasman o‘z zimmasiga olmagan, ammo Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak shunday degan: «Qrimda hech qanday „plyaj“, „turistik zona“lar va „tinch hayot“ning boshqa fiktiv belgilari yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qrim — Rossiya tomonidan bosib olingan, harbiy harakatlar, keng ko‘lamli urush ketayotgan hudud. Rossiya boshlagan, bosib olish va genotsid qilish maqsadidagi urush».
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024