Jizzaxda 3,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
Jizzax viloyati Sport bosh boshqarmasi tizimidagi tashkilotlar 20 ta holatda umumiy qiymati 3 mlrd 699,5 mln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablarini buzgan. Ular baholash mezonlari ishlab chiqilmagan tanlovlar o‘tkazgan.
Jizzax viloyati Sport bosh boshqarmasi tizimidagi tuman sport bo‘limlari tomonidan 2023 yil va 2024 yilning 1 fevral davrida jami 20 ta holatda davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Jumladan, quyidagi tanlovlarda baholash mezonlari ishlab chiqilmagan, ammo tanlov o‘tkazilgan:
- Sharof Rashidov tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tomonidan 2023 yilda o‘tkazilgan 11 ta tanlovda 1 mlrd 445 mln 443 ming so‘mlik;
- Jizzax viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi 2023 yilda o‘tkazilgan 2 ta tanlovda 977 mln 781 ming so‘mlik;
- Jizzax viloyati suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi 2023 yil o‘tkazilgan tanlovda 80 mln so‘mlik;
- Jizzax viloyati bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi 2023 yil o‘tkazilgan 3 ta tanlovda 1 mlrd 140 mln so‘mlik;
- Jizzax viloyati Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi 2024 yil o‘tkazilgan tanlovda 24 mln 100 ming so‘mlik.
“Davlat xaridlari tanlovlarining barchasida ishtirokchilarga qo‘yilayotgan malaka talablarini baholash mezonlari ishlab chiqilmagani natijasida xarid komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilarga asoslantirilmagan baholar qo‘yilgan va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
“Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga amal qilinmagani natijasida Jizzax viloyati Sport bosh boshqarmasi tizimidagi tuman sport bo‘limlari tomonidan jami 20 ta holatda umumiy qiymati 3 mlrd 699,5 mln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tanlovlarni o‘tkazishda (xarid komissiyalari tomonidan kelib tushgan takliflarga ball belgilashda o‘zlari uchun baholash mezonlarini ishlab chiqmagan) xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024