Zominda odam o‘limiga sabab bo‘lib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Nexia avtomobilida orqaga harakatlangan haydovchi yerda yotgan holdagi fuqaroning boshiga jarohat yetkazib, unga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmasdan, voqea joyidan qochib ketgan. Unga qo‘llangan jazo Jinoyat kodeksida belgilanganiga nisbatan ancha yengil hisoblanadi.
Jizzax viloyatida kirakashlik qilib yurgan Nexia haydovchisi 2024 yil 7 yanvar kuni Zomin tumanida qarz undirish tashvishida yurgan tanishlarini manziliga olib borgan.
Yo‘lda qirlik joyda to‘xtab, yo‘lovchilar spirtli ichimliklar iste’mol qilishadi. Haydovchi esa vaqt o‘tkazish uchun mashinada o‘tirib ijtimoiy tarmoqlarga kiradi.
Shu paytda haydovchiga kimdir qo‘ng‘iroq qiladi va u jahl ustida mashinani orqaga haydaydi. Oqibatda mashinaning orqa tomonida yerda yotgan yo‘lovchining bosh qismini jarohatlaydi.
Qilib qo‘ygan ishidan qo‘rqib ketgan haydovchi qonga belanib yotgan jabrlanuvchini tashlab ketishga qaror qiladi. U ikkinchi yo‘lovchini jabrlanuvchi hushiga kelgach o‘zi ketishiga ishontiradi.
So‘ng voqea joyidan ketgach ikkinchi yo‘lovchiga qo‘ng‘iroq qilib, jabrlanuvchini birov so‘rasa “Biz uni bekatda qoldirgandik” deb aytishga ko‘ndiradi. Biroq ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat tez orada fosh etiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tumani sudida haydovchi e’tiborsizligi ortidan bir inson hayotiga zomin bo‘lganini, unga tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmaganini, qilmishini yashirishga uringanini tan olgan va kechirim so‘ragan.
Sud haydovchini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi ikkinchi qismi bilan aybdor deb topgan. U 3 yil transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksining 117-moddasi ikkinchi qismi esa 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.
Viloyat IIB axborot xizmati e’lon qilgan videoda ehtiyotsizlik orqasida bo‘lsa-da odam o‘limiga sabab bo‘lgan, jinoyatini yashirishga urinib, jabrlanuvchini xavf ostida qoldirib ketgan shaxsga nima uchun qonunda belgilangan jazo berilmaganiga sud izoh bermagan.
Avvalroq, Zomin tumanida aynan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etgan talaba Yoshlar ishlari agentligining kafilligi ostida sud zalidan ozod qilingandi.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024
Manba: Jizzax viloyati hokimi ishdan olingan
12:31 / 10.11.2024