Jahon | 23:32 / 06.07.2024
9347
1 daqiqa o‘qiladi
Reuters: HAMAS AQShning tinchlik rejasini qabul qildi
HAMASdagi o‘z nomini oshkor qilmagan manba Reuters'ga ma’lum qilishicha, guruh amerikaliklarning asirlarni ozod qilishga asoslangan tinchlik rejasini qabul qilgan. Manbaga ko‘ra, Isroil bilan tinchlik muzokaralari 16 kundan keyin – G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv boshlangach start oladi.
HAMAS Isroilning avvalgi kelishuvni bekor qilgan va Tel-Aviv asirlarni ozod qilish bo‘yicha muzokara boshlanishidan avval o‘t ochishni to‘xtatishini kutgan. Guruh manbasiga ko‘ra, Isroil ham AQSh taklif qilgan rejani qabul qilsa, bu oxir-oqibat urush tugashiga olib keladi.
Reuters'ning Isroildagi muzokaralarga yaqin manbasi ham tomonlarda urushni tugatish bo‘yicha real shans paydo bo‘lganini aytgan.