Jahon | 17:30 / 09.07.2024
13286
7 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning so‘nggi vaqtlardagi eng yirik zarbasi oqibatlari. Fotosuratlar

Ukrainadagi urushning 866-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma raketa zarbalari yo‘lladi.
  • Kiyevda Rossiya zarbasi oqibatida «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi binosi vayron bo‘ldi. RF mudofaa vazirligi esa shifoxonaga ukrainlarning havo hujumidan mudofaa raketalari qoldiqlari tushganini xabar qilgan — ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvlarga ko‘ra, bu rossiyaliklarning X-101 raketasi to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib urilishi bo‘lgan.
  • Viktor Orban Pekinga tashrif buyurdi va Si Jinping bilan uchrashdi. Bungacha u Kiyev va Moskvada bo‘lgandi.
  • Belgorod oblasti Nikolskoye qishlog‘ida ukrainlar zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
  • Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiyaga uchib keldi va Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
  • FSB Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Tu-22M3 rusumli bombardimonchi samolyot olib qochilishiga bo‘lgan urinishning oldi olingani haqida e’lon qildi.

Rossiya qo‘shini 8 iyul kuni Ukraina bo‘ylab so‘nggi oylardagi eng yirik raketa zarbalarini yo‘lladi. Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab turli tipdagi jami 38 raketa yo‘llangan — shaharlarga ham qanotli, ham ballistik raketalar uchib kelgan, shundan 30 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tushirilgan. Zarbalar Kiyev, Dnipro, Kriviy Rih va boshqa shaharlarga kelgan. Ukraina hukumati bu zarbalar nishoni fuqarolik infratuzilmalari bo‘lganini bildirdi. Kiyevda raketalardan biri «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi binosini vayron qildi.

RF mudofaa vazirligi va Kreml esa Rossiya qo‘shini faqat «muhim infratuzilma obektlari, u yoki bu darajada harbiy salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy nishonlar»ga zarba berishini aytishda davom etmoqda. Quyida Rossiyaning 8 iyul kuni Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlari bo‘ylab raketa zarbalari oqibatlari aks etgan suratlar.

Pokrovsk, Donetsk oblasti

Donetsk oblastining Pokrovsk shahriga rossiyaliklar tomonidan raketa zarbasi yo‘llanishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan — ular bitta korxona ishchilari bo‘lishgan, deb xabar beradi region rahbari Vadim Filashkin
Foto: Ukraina FVDX

Kiyev 

Rossiya raketa zarbalaridan biri Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar shifoxonasiga kelib tushgan. Shifoxona hududida ikki kishi halok bo‘lib, 32 kishi jarohatlangan, jabrlanganlar orasida sakkiz nafar bola ham bor
Oleksandr Magula / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Zarbalar Kiyevning boshqa rayonlariga ham yo‘llangan. Shahar harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina poytaxtida jami 31 kishi halok bo‘lib, 117 kishi jarohatlangan
Reuters / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Shevchenkovo rayonida raketa zarbasi oqibatida turar joy binosi qulagan. Qutqaruvchilar bir kun davomida xarobalarni tozalash ishlarini davom ettirishgan. 9 iyul tongida xarobalar ostidan besh kishining jasadi chiqdi, deb xabar beradi Kiyev meri Vitaliy Klichko. Uyda jami 12 kishi halok bo‘lgan
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
RF hukumati, jumladan mudofaa vazirligi bolalar shifoxonasiga Rossiya raketasi emas, ukrainlarning havo hujumidan mudofaa tizimi uchirgan raketa qulaganini aytmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati zarba kelib tushgan joydan Rossiyaning X-101 strategik qanotli raketasi qoldiqlari topilganini ma’lum qildi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
«Oxmatdet» («Oxrana materinstva i detstva» – Onalik va bolalik muhofazasining qisqartmasi) Ukrainadagi eng yirik ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi hisoblanardi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevning Shevchenkovo rayoni Chernovola ko‘chasidagi ushbu shifoxonada har yili 18 minggacha bola davolanadi
Anton Shtuka / AP / Scanpix / LETA
Kiyev metrosining «Lukyanovskaya» bekati hududidagi vayrongarchilik. Uning yaqinida «Artyom» qurol zavodi joylashgan, bu zavod Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon bir necha bor Rossiya zarbalari nishoniga aylangan
Anton Shtuka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainada 9 iyul kuni raketa zarbasi qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xarobalarni tozalash ishlari bilan 400 ga yaqin qutqaruvchi shug‘ullanayotganini ma’lum qilgan. «Odamlarimizni qutqarayotgan va ularga g‘amxo‘rlik qilayotganlarga, bunda ishtirok etayotgan va yordam berayotganlarning barchasiga rahmat», — deya yozgan Zelenskiy
Aleksandr Gusev / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Dnipro 

Dniproda Rossiya raketa hujumi oqibatida o‘nta ko‘p kvartirali uy, ikkita yotoqxona, kollej va do‘kon shikastlangan, deb xabar beradi Dnipropetrovsk oblasti rahbari Sergey Lisak
DneprODA / Anadolu / Getty Images
Dniproda 12 kishi, jumladan bolalar jarohatlangan
DneprODA telegram-kanali

Kriviy Rih 

Dnipropetrovsk oblastida raketa zarbasi oqibatida jami 11 kishi halok bo‘lib, 47 kishi jabrlangan. Qurbonlarning aksari Ukraina prezident Volodimir Zelenskiy tug‘ilgan shahar Kriviy Rihga to‘g‘ri keladi
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Kriviy Rihda Rossiya raketa zarbasi keltirgan vayrongarchilik
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Kriviy Rihda raketa zarbasi kelib tushgan joyda ishlayotgan qutqaruvchi
Sergey Lisakning Telegram-kanali

Mavzuga oid