Jahon | 01:50 / 13.07.2024
8243
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va AQSh mudofaa vazirlari muloqot qildi

Foto: «Pervyy kanal»

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Sabrina Sinkx 12 iyul kuni o‘tkazilgan brifing davomida ma’lum qildi.

Bu ikki davlat mudofaa vazirlari o‘rtasida oxirgi uch haftadagi ikkinchi telefon suhbati bo‘ldi. Bu galgi suhbat kimning tashabbusi bilan o‘tkazilgani aytilmagan. Sinkxga ko‘ra, bu gal ham Pentagon rahbari rossiyalik hamkasbiga «muloqotda bo‘lib turish juda zarur ekanini» ta’kidlagan.

Rossiya mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, tomonlar Ukrainadagi urush atrofida fikr almashgan. Belousov AQSh Ukraina Qurolli kuchlariga qurol-yaroq yetkazib berishi kelajakda holat yanada xavfli tus olishiga olib kelishini aytgan.

Mavzuga oid