Davlat mulkini «nol» qiymatda sotish amaliyoti bekor qilinadi
Davlat aktivlarini sotishda xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat aktivlarini «nol» xarid qiymatida sotish amaliyotidan voz kechilib, elektron ommaviy savdolarga chiqarish tartibi joriy etiladi. Ushbu o‘zgarishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat aktivlarini sotishda xorijiy tajribani hisobga olgan holda hamda mamlakatimizda bozor tamoyillariga asoslangan sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida davlat aktivlarini «nol» xarid qiymatida sotish amaliyotidan voz kechilib, elektron ommaviy savdolarga chiqarish tartibi joriy qilinmoqda.
Shuningdek, xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini hamda davlat ishtirokidagi korxona va davlat muassasasini o‘zgartirishi ko‘rsatilgan hollarda davlat mulkini garovga berishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanyapti. Bunda davlat unitar korxonasi va davlat muassasasini xo‘jalik jamiyatiga o‘zgartirilayotganda baholashni o‘tkazmaslik nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:31 / 19.04.2024
Davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish “san’ati” – Denovda shunday holat kuzatilmoqda
18:50 / 15.12.2023
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi
21:13 / 11.07.2023
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarish tartibi belgilandi
14:45 / 27.06.2018