O‘zbekiston | 09:41 / 20.07.2024
4032
2 daqiqa o‘qiladi

Issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

Issiqxona xo‘jaliklariga issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun xarid qilingan ko‘mir qozoni xarajatlari 20 foizgacha qismini qoplash maqsadida, biroq 80 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda bir martalik subsidiya beriladi. 

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona xo‘jaliklariga issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Nizom issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.

Issiqxona xo‘jaliklariga issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun xarid qilingan ko‘mir qozoni xarajatlarining 20 foizgacha qismini qoplash maqsadida, biroq 80 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya beriladi. Bunda, subsidiya «V» va undan yuqori tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reyting darajasiga ega issiqxona xo‘jaliklariga beriladi.

Issiqxona xo‘jaliklariga ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Mavzuga oid