O‘zbekistonda yangi zirhli harbiy mashina ishlab chiqildi
Zirhli transport vositasi 30 mm avtomatik to‘p va pulemyot bilan jihozlangan. Mashina kunning istalgan vaqtida nishonlarni o‘qqa tutishga qodir.
O‘zbekiston Mudofaa sanoati agentligi yangi «Arslon» zirhli harbiy mashinasini sinovga jo‘natdi. Texnika NATO standartlari asosida ishlab chiqilgan, deb xabar berdi «O‘zbekiston 24».
Qayd qilinishicha, to‘rt o‘qli mashina sakkiz desantchi va uch kishidan iborat ekipajni o‘z ichiga sig‘dira oladi. «Arslon»ning old qismi zirhi 30 mm kalibrli zirh teshuvchi snaryadlardan himoya qiladi, yon zirhi esa 14,5 mm kalibrli o‘qlarga chidamlidir. Mashina, shuningdek, ekipaj va qo‘shinlarni tag qismi yoki g‘ildirak ostidagi 10 kilogramm portlovchi moddaning portlashidan himoya qilishi mumkin.
Zirhli transport vositasi 30 mm avtomatik to‘p va pulemyot bilan jihozlangan. Mashina kunning istalgan vaqtida nishonlarni o‘qqa tutishga qodir. Konfiguratsiyaga qarab, «Arslon»ning vazni 30-35 tonnani tashkil qiladi.
Zirhli transportni ishlab chiqargan kompaniya vakili Akmal Karimovning ta’kidlashicha, uni ishlab chiqishda NATO standartlariga tayanilgan, chunki u «eng yuqori va eng qat’iy talablar»dir.
Mavzuga oid
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
15:50 / 02.12.2024
Rossiyada yana armiya shtat birligi oshirildi
10:51 / 30.11.2024
Andijonda bitiruvchilar dars hisobidan 3 kunlik armiyaga yuborilmoqda, MMTV buni oqlamasligini bildirdi
15:50 / 25.11.2024