Transportdan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun qamalganlar soni aytildi
2024 yilning 1-yarmida 1 601 nafar shaxs sudlanib, ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Oliy sud O‘zbekistonda yarim yilda transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun qamalganlar sonini ma’lum qildi.
2023 yilda Jinoyat kodeksining 266-moddasida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 325 nafar shaxs sudlangan.
Shundan 635 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 690 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
2024 yilning 1-yarmida 1 601 nafar shaxs sudlanib, ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1 050 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Mavzuga oid
16:10 / 21.12.2024
Londonda O‘zbekiston transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi
10:31 / 20.12.2024
Belgradda jamoat transporti bepul bo‘ladi
10:24 / 12.12.2024
Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi
12:50 / 29.11.2024