Jamiyat | 14:11 / 25.07.2024
4035
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni ko‘paytirildi
Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.
Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga («Chorvoq» erkin turistik zonasiga) grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi ko‘paytirildi.
Endilikda avtobuslar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da jo‘naydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.
Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.