Jamiyat | 12:15 / 27.07.2024
50479
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda sodir bo‘lgan qotillik oqibatida bir oilaning 5 nafar a’zosi hayotdan ko‘z yumdi

Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan. Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 5 nafar - 1991 yilda tug‘ilgan erkak, 1999 yilda tug‘ilgan ayol, 2021, 2022 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bola va 2018 yilda tug‘ilgan qizning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan.

Foto: Kun.uz

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yong‘in ro‘y bergan uydan 5 nafar oila a’zosining murdalari turli tan jarohatlari bilan topildi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 26 iyul soat 06:19 larda Yangiyo‘l tuman Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan Yangiyo‘l tumani FVB Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga chiqib, yong‘inni bartaraf etgan.

Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 5 nafar (1991 yilda tug‘ilgan erkak, 1999 yilda tug‘ilgan ayol, 2021 va 2022 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bola va 2018 yilda tug‘ilgan qiz) shaxsning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda prokuratura va ichki ishlar organlarining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid