Jahon | 13:54 / 28.07.2024
15576
12 daqiqa o‘qiladi

Avdiyivka yo‘nalishidagi janglar va frontga yo‘l olgan yangi askarlar. Urush suratlari

Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi Rossiya zarbasiga yo‘liqqan bir oyga yaqin vaqt o‘tib odatiy rejimiga qaytdi. Volodimir va Yelena Zelenskiylar bemorlarni ziyorat qilishdi

Volodimir va Yelena Zelenskiylar Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar shifoxonasiga tashrif buyurdi, 8 iyul kuni shifoxona Rossiya qo‘shini zarbasiga uchragandi. Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, 30 dan ortiq kishi jarohatlangandi. Ukraina FVDX ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha kuni Kiyevga zarbalar oqibatida jami 33 kishi halok bo‘lib, 121 kishi yaralangan.

Ukraina tomoni RF armiyasi hospitalga qasddan hujum qilganini bildirgan. RF mudofaa vazirligi bunga javoban vayrongarchilikka «ukrainlarning havo hujumidan mudofaa raketasi» sabab bo‘lganini aytgan. Mustaqil ekspertlar va jurnalistlar hisoblashicha, «Oxmatdet» korpusiga rossiyaliklar raketasi kelib tushgan.

20 iyul kuni «Oxmatdet» bosh direktori Volodimir Jovnir hospital faoliyati tiklangani, shifokorlar hamda tibbiyot hamshiralari ishga qaytganini ma’lum qildi.

Shifoxonaga tashrif chog‘ida prezident va uning rafiqasi bu yerda davolanayotgan bolalar bilan gaplashishdi. «Shifoxonaga yordam berayotganlar, Rossiya raketasi kelib tushganidan keyin bu yerga kelib, xarobalarni tozalash ishlarida qatnashgan, bolalarga g‘amxo‘rlik qilganlarning barchasiga rahbat. Ukrainlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yechim qidirayotganlarga ham rahmat», — degan Zelenskiy.

Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / AFP / Scanpix / LETA

Ukrain energetiklari front chizig‘i yaqinida Rossiya yakson etgan elektr tarmoqlarini tiklamoqda. Mamlakatdagi millionlab kishilar hayoti ularning faoliyatiga bog‘liq

Iyul oyi o‘rtalarida Rossiya armiyasi Donetsk oblastida katta muvaffaqiyatga erishdi: Novoselovka qishlog‘ini egallagan RF qurolli kuchlari Ukraina qurolli kuchlarini Avdiyivka hamda Ukrainaning Donbass janubidagi asosiy front orti bazasi hisoblangan Pokrovsk shahri oralig‘idan o‘tgan Volchya daryosi ortiga surib tashladi. Shuningdek, RF qo‘shini Progress qishlog‘i hamda uning temiryo‘l stansiyasini nazoratiga olgan. Progressdan janub va shimoldagi ukrain harbiylarining qanotlari qurshov ostida qolgan. Ukrainadagi manbalar shimoliy uchastkadagi ayrim rotalar qurshovga tushib qolgani haqida ham yozdi.

Ammo bundan ham muhimrog‘i shundaki, agar Ukraina qurolli kuchlari vaziyatni barqarorlashtira olmasa, Rossiya qo‘shini yaqin haftalar ichida Ukrainaning Chasiv Yar va Toretskdagi guruhlari ta’minoti amalga oshiriladigan Pokrovsk — Konstantinovka trassasiga chiqishi va yo‘lni to‘sib qo‘yishi mumkin. Frontning boshqa uchastkalarida ham vaziyat Ukraina qurolli kuchlari uchun og‘irligicha qolmoqda.

Bu vaqtda rossiyalik harbiylar ukrainlarning energetika infratuzilmalariga zarbalar bermoqda. Financial Times nashri 2024 yil iyunida Rossiya Ukraina elektr stansiyalarining yarmidan ko‘proq qismini safdan chiqargani yoki egallab olgani haqida xabar bergandi — bu mamlakatda urush boshidan buyon eng yirik ko‘lamdagi elektr uzilishlariga olib kelmoqda. Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon Ukrainada elektr energiyasi ishlab chiqarish ikki baravardan ko‘proqqa kamaygan — 55 gigavattdan 20 gigavattgacha.

Bunday sharoitlarda ukrain energetiklari ishi o‘ta xavfli bo‘lib bormoqda. Quyida «DTEK Energo» kompaniyasi xodimlari Donetsk oblastida, front chizig‘i yaqinidagi qishloqlardan birida muntazam zarbalar oqibatida shikastlangan elektr tarmoqlarini tuzatish ishlari aks etgan.

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlari Toretsk mudofaasini ushlab turibdi. Mahalliy aholi rossiyaliklarning zarbalari ostida evakuatsiya qilinmoqda

Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblasti Baxmut rayoni Toretsk shahri mudofaasi uchun qo‘shimcha kuchlar tashladi, bu yerda Rossiya armiyasi iyul oyi avvalida kutilmagan yurish boshlagandi. Hozirga kelib RF qurolli kuchlarining Toretsk aglomeratsiyasi tomon yurishi sur’atlari kutilganidek pasaygan. Shu bilan bir vaqtda, Rossiya harbiylari Pokrovsk yo‘nalishida Progress qishlog‘i va undagi temiryo‘l stansiyasini egallagan, bu esa ukrainlarning Chasiv Yar va Toretskdagi guruhlari ta’minotini jiddiy xavf ostida qoldirgan.

Ukraina QK bosh shtabi xabar qilishicha, o‘tgan kun davomida RF kuchlari Toretsk atrofida — Pivnichne, Nyu York va Zalizne posyolkalariga jami 11 marta hujum amalga oshirgan. Toretskda rossiyaliklarning so‘nggi zarbalari oqibatida ikkita turar joy binosi vayron bo‘lib, tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan va bir kishi yaralangan, degan Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin. Kun davomida RF qo‘shini Donbassdagi aholi yashash manzillariga 22 bor hujum qilgan, front chizig‘i yaqinidagi hududlardan 229 kishi evakuatsiya qilingan, shundan 26 nafari bolalar, deb yozadi ushbu mulozim telegram-kanalida.

Toretskda olingan quyidagi suratlarda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari to‘xtovsiz zarbalar sharoitida tinch aholi vakillarini qanday evakuatsiya qilayotgani aks etgan. Hozirda shaharda besh mingdan kamroq kishi qolgan. 2014 yilga qadar Toretskda 35 ming atrofida odam yashardi.

Toretskda vayron bo‘lgan uyning Ukraina FVDX xodimlari avtomobili derazasidan ko‘rinishi, 2024 yil 22 iyul
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Favqulodda xizmat xodimlari zarba vaqtida yashirinmoqda, 22 iyul
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Toretsk aholisi evakuatsiya qilinishi, 22 iyul
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Toretskning qush parvozi balandligidan ko‘rinishi. Foto 2024 yil 24 iyulda dron orqali olingan
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Rossiya armiyasi Avdiyivka yo‘nalishida o‘tgan yil kuzida boshlangan yurishini davom ettirmoqda

Frontning Donetsk oblasti Avdiyivka yo‘nalishida Rossiyaning «Markaz» qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari harbiylari harakatlanmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi har kungi hisobotlarida mazkur bo‘linmalar muntazam ravishda «taktik vaziyatini yaxshilayotgani» hamda Ukraina qurolli kuchlari hujumlarini qaytarayotganini ma’lum qilmoqda. Rossiya armiyasi Avdiyivka tomon yurishini 2023 yil oktyabrida boshlagandi.  2024 yil 17 fevral kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ukrain kuchlari shaharni tark etgani haqida e’lon qildi. Ular bir necha kun oldinroq Severne va Stepne qishloqlarini ham tashlab chiqqandi. 24 iyul kuni harbiylashgan Z-kanallar RF armiyasi Avdiyivka yo‘nalishidagi Novoselovka Pervaya qishlog‘ining g‘arbiy chekkasini egallagani hamda u yerga Rossiya bayrog‘ini o‘rnatganini xabar qildi.

Stanislav Krasilnikov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Stanislav Krasilnikov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Stanislav Krasilnikov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Stanislav Krasilnikov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Stanislav Krasilnikov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia

Yarador ukrain harbiylari frontdan evakuatsiya qilinishi. Ulardan ba’zilarining qo‘l yoki oyoqlari kesib tashlangan

Turkiyaning Anadolu agentligi fotografi Vinchenso Chirkosta Donetsk oblastidagi front chizig‘iga borib, Ukraina qurolli kuchlarining yaralangan harbiy xizmatchilari evakuatsiyasiga guvoh bo‘ldi. Tasvirlar 19 iyul kuni olingan, s’yomkaning aniq joyi ochiqlanmagan. Harbiylar front chizig‘idan «Gospitalerlar» tibbiyot batalyoni xodimlari tomonidan maxsus jihozlangan avtobuslarda olib chiqilmoqda. Harbiylar orasida qo‘l yoki oyoqlarini kesishga to‘g‘ri kelgan og‘ir ahvoldagi yaradorlar ham bor. Mazkur batalyon Ukraina qurolli kuchlarining qaysi bo‘linmasiga mansub ekani noma’lum.

Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukraina QK «Karpat Sechi» batalyonining yangi chaqirilgan askarlari Donbassga yo‘l olishga tayyorlanmoqda

RF qurolli kuchlarining 2022 yil fevralidagi keng ko‘lamli bosqinidan keyin Ukrainada e’lon qilingan safarbarlik to‘xtamayapti va uning muddatlari bir necha bor uzaytirildi (23 iyul kuni Rada uni 12-marta , 9 noyabrga qadar uzaytirdi). 2024 yil may oyi o‘rtalarida Ukrainada mamlakat armiyasi yo‘qotishlarini to‘ldirishga qaratilgan safarbarlik to‘g‘risidagi qonun kuchga kirgandi (unga ko‘ra, armiyaga bir necha yuz ming kishi chaqirilishi kutilmoqda). Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2024 yil fevralida urushning ikki yili mobaynida Ukraina qurolli kuchlarining 31 ming jangchisi halok bo‘lganini aytgandi. Zelenskiy yaqinda BBC uchun bergan intervyusida Ukraina har kuni qancha odam yo‘qotayotganini bilishini aytgan, ammo aniq ma’lumotlarni ochiqlamagandi. «Men har kuni, afsuski, [qurbonlar soni bo‘yicha] bu o‘zgarishlarni ko‘raman, va ular ijobiy tomonga o‘zgarmaydi, kamayib qolmaydi», — degan u.

Ukrainalik fotograf Anatoliy Stepanov Oleg Kutsin nomidagi «Karpat Sechi» 49-piyodalar batalyonining Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinidagi pozitsiyasiga bordi va safarbarlik doirasida yangi chaqirilgan askarlar oldingi chiziqqa jo‘nab ketishdan oldin qanday tayyorgarlikdan o‘tayotganini kadrlarga muhrladi.

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina dron operatorlarini yig‘ish bo‘yicha proyektni ishga tushirdi

Lvivdagi rekruting markazi xodimlari
Anastasiia Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Lvivdagi rekruting markazidagi aviasimulyatorda sinov jarayoni
Anastasiia Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Anastasiia Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Anastasiia Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Mavzuga oid