O‘zbekiston | 16:01 / 30.07.2024
6346
2 daqiqa o‘qiladi
«Tashabbusli budjet»ning amaldagi tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
«Tashabbusli budjet»da doimiy g‘olib bo‘lib kelayotgan mahalla (tashkilot)larga tanaffus e’lon qilish amaliyotini joriy etish rejalashtirilyapti. Shuningdek, majburiy tarzda ovoz to‘plangan loyihalar g‘oliblar ro‘yxatidan chetlatiladi.
«Tashabbusli budjet»ning amaldagi tartibiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament quyi palatasiga bergan axborotida ma’lum qilindi.
Xususan, quyidagi o‘zgarishlarni amaliyotga kiritish rejalashtirilyapti:
- aholi soni kichik bo‘lgan mahallalarga g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda g‘olib bo‘lib kelayotgan mahalla (tashkilot)larga tanaffus e’lon qilish amaliyotini joriy etish;
- xodimlarni majburiy ovoz to‘plashga jalb etish holatlarini bartaraf etish maqsadida ovoz berish bosqichi muddatini 10 kunga kamaytirish, majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni g‘olib loyihalar ro‘yxatidan chetlatish amaliyotini joriy etish;
- xalq deputatlari hududiy kengashlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida tuman (shahar) budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish hisobiga g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha g‘olib sifatida e’lon qilish amaliyotini joriy etish.
Ushbu hujjat loyihasi ishlab chiqilib ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
19:34 / 14.09.2024
“Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
17:08 / 10.09.2024
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
16:13 / 01.09.2024
“Tashabbusli budjet” g‘oliblari e’lon qilindi
21:59 / 27.08.2024