«Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi
Shikoyatlar tasdig‘ini topsa, loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.
«Tashabbusli budjet»ning 2024 yilgi 2-mavsumida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumot berdi.
«Ovoz berish bosqichi davomida fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar «1282» ishonch raqamiga ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha jami 39 ta shikoyat kelib tushdi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, eng ko‘p shikoyat Farg‘ona viloyatida (7 ta) tushgan. Shuningdek, Toshkent shahrida 6 ta, Namangan va Jizzax viloyatlarida 5 tadan shikoyat tushgan.
Eng ko‘p shikoyat umumta’lim maktablari (19 ta) va tibbiyot tashkilotlari bo‘yicha (16 ta) qayd etilgan.
Vazirlikning eslatishicha, barcha murojaatlar tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.
«Tashabbusli budjet» loyihasining 2024 yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish jarayoni 22 avgustda boshlandi va 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
01:27 / 17.12.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar, Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik xizmatiga rahbarlar tayinlandi
19:00 / 24.10.2024
Davlat mehnat inspeksiyasiga majburiy mehnatga oid 283 ta murojaat kelib tushdi
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
10:15 / 10.10.2024