Jahon | 10:09 / 02.08.2024
1995
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda suv toshqinlari ikki kun ichida 35 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Xayber-Paxtunxva provinsiyasida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari mintaqadagi uylar va ko‘priklarga jiddiy zarar yetkazdi, deya xabar beradi mahalliy hukumat.

Foto: AP

Pokiston shimolida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqini oqibatida so‘nggi 48 soat ichida kamida 35 kishi halok bo‘ldi.

Xayber-Paxtunxva provinsiyasida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari mintaqadagi uylar va ko‘priklarga jiddiy zarar yetkazdi, deya xabar beradi mahalliy hukumat.

Ta’kidlanishicha, kuchli yomg‘ir mintaqada ko‘chkiga ham sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, shtatning turli hududlarida kuchli yog‘ingarchilik tufayli sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarda 15 kishi tan jarohati oldi.

Pokiston meteorologiya departamenti 2-6 avgust kunlari mamlakat bo‘ylab kuchli yomg‘ir va suv toshqini haqida ogohlantirdi.

Mavzuga oid