Jamiyat | 10:22 / 05.08.2024
13107
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigi ustuniga borib urildi

Bunga yuk mashina haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgani sabab bo‘lgan. YTH oqibatida temiryo‘l ko‘prigiga zarar yetgan. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Andijon tumanida yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigiga urilib, YTH sodir qildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, YTH bugun, soat 4:00larda sodir bo‘lgan. 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. NOWO yuk mashinasini 4R-116 avtomobil yo‘lining Andijon tumani “Sanoat” MFY hududidan o‘tgan qismida boshqarib borayotib, uxlab qolgan. Buning oqibatida yuk mashina temiryo‘l ko‘prigi ustuniga borib urilgan. 

YTH oqibatida yuk mashinasi hamda temiryo‘l ko‘prigiga zarar yetgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.  

Holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid