Jahon | 15:53 / 09.08.2024
3330
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev: Niger rasmiylarining Ukrainaga qarshi ayblovlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Ukraina «xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlash, BMT nizomi va xalqaro huquqni buzganlik» haqidagi har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etadi», deyiladi mamlakat TIV xabarida.

Foto: Reuters

Ukraina Niger Respublikasi hukumatining 2024 yil 6 avgustdagi Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzish haqidagi qarorini hisobga oldi. Niger hukumati vakili bayonotida keltirilgan ayblovlar «asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi». Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi

Bayonotda ta’kidlanishicha, Ukraina o‘ziga qarshi «xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlash, BMT nizomi va xalqaro huquqni buzganlik» haqidagi har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etadi.

«Bunday qaror Ukrainaga qarshi asossiz keng ko‘lamli tajovuzkor urush olib borayotgan davlat – Rossiya Federatsiyasi bilan yaqinlashish yo‘lini tanlaganlar tanlovi. RF yildan ortiq vaqt mobaynida davlatimiz va uning aholisi va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi keng ko‘lamli terrordan foydalanib, Ukraina xalqiga qarshi ko‘plab harbiy jinoyatlar sodir etmoqda, xalqaro xavfsizlik va siyosiy vaziyatni beqarorlashtirmoqda, dunyoning barcha burchaklarida, shu jumladan Afrikada tartibsizlik va qarama-qarshilikni tarqatmoqda», - deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Niger hukumati Malidagi voqea yuzasidan hech qanday tergov o‘tkazmasdan va bunday qadam sabablariga oid hech qanday dalil keltirmasdan, Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qilganini qayd etdi.

TIV Ukraina barcha Afrika davlatlari bilan teng huquqlilik, ichki ishlarga aralashmaslik, mamlakatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, xalqaro tan olingan chegaralar doirasida xalqaro me’yorlarga qat’iy rioya qilish asosida o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi. 

Mavzuga oid