AQSh Germaniyaga Patriot tizimi uchun 600 ta raketa sotishga rozi bo‘ldi
AQSh Mudofaa vazirligi Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun PAC-3 MSE raketalarini va boshqa jihozlarni Germaniyaga sotishga ruxsat berdi. Endi kelishuv Kongress tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
AQSh hukumati Germaniyaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun 600 tagacha raketa va boshqa jihozlarni sotishga ruxsat berdi. Bu haqda 15 avgust, payshanba kuni Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik agentligi (DSCA) ma’lum qildi.
5 milliard dollarlik kelishuv (4,5 milliard yevro) «Yevropadagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik uchun muhim kuch bo‘lgan NATO ittifoqchisi xavfsizligini oshirish orqali AQSh xavfsizligini mustahkamlaydi», deyiladi DSCA bayonotida.
Qo‘shma Shtatlardan Patriot raketalarini sotib olish «Germaniyaning hozirgi va kelajakdagi tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini yaxshilaydi va qurolli kuchlar mudofaa qobiliyatini oshiradi», deb ta’kidladi DSCA. Bundan tashqari, kelishuv Germaniyaga «milliy va xalqaro hududiy mudofaani, shuningdek, AQSh va NATO qurolli kuchlari bilan o‘zaro hamkorlikni yaxshilashga» yordam beradi, deya ishontirdi idora.
Endi AQSh Kongressi Germaniyaga Patriot tizimiga PAC-3 MS raketalarini sotishni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Avvalroq Germaniya uchinchi Patriot havo mudofaa tizimini o‘z zaxirasidan Ukrainaga topshirgan edi.
Mavzuga oid
17:33 / 02.12.2024
Xitoy yangi kosmodromdan yangi raketa uchirdi: missiya qanday o‘tdi?
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
13:30 / 11.10.2024