O‘zbekiston | 01:05 / 16.08.2024
8454
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi ma’muriy javobgarlikka tortildi

Ular tadbirkorlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan.

Foto: Shutterstock

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim hokim yordamchilari tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga asosan, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 kun ichida ko‘rib chiqib, Yagona elektron platformaga o‘z xulosasini kiritishi shart.

Ammo Jizzax viloyatidagi 55 nafar hokim yordamchisi ushbu talabga rioya qilmagan. Ularning harakatsizligi oqibatida 110 dan ortiq tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan.

«Zomin tumanidagi «Yaxshi niyat» (nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbarining kredit olish uchun arizasi belgilangan muddatdan 60 kunga kechikib ko‘rib chiqilgani bunga misol bo‘la oladi», — deyiladi xabarda.

Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Mavzuga oid