Jahon | 12:50 / 16.08.2024
2770
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi G‘azo sektorida yana o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Barchani mojaroning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qilishga chaqiraman, dedi pontifik.

Foto: Anadolu

Rim papasi Fransisk blokadadagi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va mojaro kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha sa’y-harakatlarni ko‘rishga chaqirdi. Papa 15 avgustda katoliklar tomonidan nishonlangan ibodatda tegishli murojaat qildi. 

Pontifik hujumlar davom etayotgan G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni xavotir bilan kuzatib borayotganini aytdi. 

«Men G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni xavotir bilan kuzatishda davom etyapman. Yana bir bor barcha jabhalarda o‘t ochishni to‘xtatishni, garovga olinganlarni ozod qilishni va odamlarga yordam berishni talab qilaman. Men barchani mojaroning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga, bu fojiaga imkon qadar tezroq barham berish uchun muzokaralar yo‘lidan borishga chaqiraman. Urush - mag‘lubiyat ekanligini unutmaylik», - dedi Rim papasi Fransisk.

Mavzuga oid