Jahon | 19:15 / 16.08.2024
5928
3 daqiqa o‘qiladi

Tailand sobiq bosh vazirining qizi hukumat rahbari etib saylandi

Mamlakat Konstitutsiyaviy sudi sobiq bosh vazirni axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun lavozimdan olgandi.

Foto: Getty Images

Tailand parlamenti milliarder va sobiq bosh vazirning qizi Petongtarn Chinavatni hukumat rahbari lavozimiga sayladi, deb xabar beradi BBC. 37 yoshli Petongtarn eng yosh bosh vazir va ushbu lavozimga saylangan ikkinchi ayolga aylandi.

Petongtarn Chinavatning saylanishi Tailand Konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Settxa Txavisinni axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzganlikda aybdor deb topib, uni lavozimidan chetlatganidan ikki kun o‘tib amalga oshirildi. Ikkala partiya ham 2023 yilgi saylovlarda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan, biroq hukmron koalitsiyani shakllantirgan edi.

Petongtarn oldida murakkab vazifa turibdi — Tailand iqtisodiyotini jonlantirish va uning partiyasi boshchiligidagi to‘rtta oldingi hukumatni ag‘dargan harbiy to‘ntarishlar va sud aralashuvlaridan qochish.

«Barcha tailandliklarning hayotini yaxshilash va imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lida odamlarda ishonch uyg‘ota olishimga ishonaman», — deydi Petongtarn 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonlaridan keyin.

U mazkur holatdan hayratga tushib, qo‘llari hayajondan titraganini, «xonadagilar orasida eng yaxshi yoki eng qobiliyatlisi bo‘lmaganini» tan oldi.

Petongtarn nomzodini parlament vakillarining 319 nafari ma’qullagan bo‘lsa, 145 nafari qarshi ovoz bergan. Shunday qilib, u oxirgi 20 yilda bosh vazir lavozimiga tayinlangan Chinavat oilasining to‘rtinchi vakiliga aylandi.

Bundan oldin uning otasi Taksin va ammasi Yinglak harbiy to‘ntarish hamda Konsitutsiyaviy sud qaroriga ko‘ra, hokimiyatdan chetlatilgan edi.

Tailand sobiq bosh vaziri Settxa Txavisin bahorda 2008 yili korrupsiya ishida ayblanib, olti oy muddatga qamoq jazosiga hukm etilgan advokat Pichit Chuenbanni bosh vazir idorasi vaziri etib tayinlagani sababli Konstitutsiyada qayd etilgan axloq qoidalarini buzganlikda ayblangan edi. Tergov versiyasiga ko‘ra, Pichit Chuenban ikki nafar hamkasbi bilan Oliy sud xodimlariga tushlik uchun mo‘ljallangan qutilar ichiga 2 million bat (57 ming dollar) sotilgan qog‘oz paketni yashirib, pora berishga uringan.

Mavzuga oid