Jahon | 09:55 / 19.08.2024
3780
2 daqiqa o‘qiladi

AEXA: Zaporijjya AESdagi vaziyat dron hujumidan so‘ng yomonlashdi 

Zaporijjya atom elektr stansiyasiga qilingan hujum uning yadroviy xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yomonlashtirdi, dedi AEXA bosh direktori Rafael Grossi.

Foto: AFP

Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES)da yadro xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat uning hududi yaqinidagi yo‘lga uchuvchisiz uchoq zarbasidan keyin yomonlashdi. Bu haqda 17 avgust kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qildi. Uning bayonoti agentlikning rasmiy saytida e’lon qilingan. 

«Biz yana bir bor Zaporijjya atom elektr stansiyasining yadroviy xavfsizligiga tahdidlar kuchayib borayotganini ko‘rmoqdamiz va men yana bir bor barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlikka chaqiraman», dedi Grossi. AEXA ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz uchoq olib kelgan portlovchi moddalar Dnipro elektr uzatish liniyasidan taxminan 100 metr masofada portlagan. Shu bilan birga, snaryadni aynan kim uchirgani haqida xabar berilmagan. Agentlikning qayd etishicha, hodisa natijasida qurbonlar yo‘q. Shuningdek, atom elektr stansiyasi uskunasiga zarar yetmagan, biroq elektr stansiyasining ikkita asosiy darvozasi orasidagi yo‘l shikastlangan. 

AEXA Kursk AES yaqinidagi vaziyatni kuzatmoqda

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik avvalroq Kursk atom elektr stansiyasi yaqinidagi harbiy harakatlar haqidagi xabarlarni ham kuzatayotganini bildirgan edi. AEXA bosh direktori Rafael Grossi Rossiyaning stansiyada, shu jumladan radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash majmuasi hududidan urib tushirilgan raketalarning bo‘laklari topilgani haqidagi da’volari fonida tegishli izoh berdi. 

AEXAning eslatishicha, Kursk AES ikkita energobloki to‘xtab qolgan, ikkitasi ishlamoqda va yana ikkitasi qurilish bosqichida. 

Mavzuga oid