O‘zbekiston | 17:37 / 19.08.2024
14530
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda bog‘cha tarbiyalanuvchisi tomog‘iga ovqat tiqilib qolishi oqibatida vafot etdi

Holat Mirzaobod tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida sodir bo‘lgan. Prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Foto: Kun.uz

Mirzaobod tumanida 2 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ovqat tiqilib qolishi ortidan vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yilda tug‘ilgan I.S. (o‘g‘il bola) bog‘chada to‘satdan vafot etgan. Holat joriy yilning 7 avgust kuni soat 11:10 larda tumanning Yo‘ldoshobod mahallasidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, bolaning o‘limiga nafas yo‘llari ovqat massasi bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.  

Mavzuga oid