O‘zbekiston | 18:31 / 19.08.2024
6125
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda noqonuniy saqlanayotgan sher hayvonot bog‘iga topshirildi

Uni saqlab kelgan fuqaro jarimaga tortildi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Xorazm viloyati, Urganch shahridagi «Ashxobod» mahallasida joylashgan binoda sher noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.

Ekologiya boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reydda qonunbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92-moddasiga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilgan. U bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari — 1 million 700 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Ta’kidlanishicha, sher vaqtincha saqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Holatga aniqlik kiritish, sher fuqaroning qo‘liga qanday tushib qolganini aniqlash maqsadida surishtiruv boshlangan.

 

Mavzuga oid