Jamiyat | 20:00 / 19.08.2024
2008
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yaqinlaringizga qachon oxirgi marta qo‘ng‘iroq qildingiz?

Foto: Novey

So‘nggi yillarda ko‘pchilik qo‘ng‘iroqlaridan voz kechib, messenjerlarga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Messenjerlarning qulayligi va tezligi ularni ommalashtirdi, lekin jonli muloqotning o‘rnini bosa oladi degani emas. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, telefon qo‘ng‘iroqlari soni sezilarli darajada kamaygan. Talabalarning 80 foizi video qo‘ng‘iroqlar paytida xavotirga tushadi va matnli xabarlarni afzal ko‘radi. Ayniqsa, yosh avlod matnli xabarlarni ma’qul ko‘rib, telefon qo‘ng‘iroqlarini bezovta qiluvchi va eskirgan deb hisoblaydi.

Biroq, faqat matnga tayanganimizda, muloqotning muhim jihati - hissiyotlar yo‘qoladi. Matn bizning suhbatimizni jonli va samimiy qiladigan ohang, zavq va hissiyotlarni yetkazib bera olmaydi. Messenjerlarda yozadigan oddiy jumlalarimiz noto‘g‘ri tushunilishi mumkin, chunki ularda bizning kayfiyatimiz va holatimiz to‘liq yetkazilmaydi.

Bir yil oldin, Novey brendi o‘zining roligida ushbu muammoga e’tibor qaratib, jonli qo‘ng‘iroqlar odamlar hayotini qanchalik o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu videoda ishtirokchilar hech qachon aytishga jur’at etolmagan so‘zlarni qo‘ng‘iroq orqali yetkazishdi, xatolari uchun uzr so‘rashdi va o‘z kechinmalarini bilan ulashishdi.

Yaqinda esa Novey yana bir videoni Instagram sahifasiga yukladi. Unda ishtirokchilarning keyingi taqdirlari va muhim qo‘ng‘iroqlar ular hayotiga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatishdi. Bu rolik ko‘plab blogerlarda e’tiborini jalb qildi, ular ham jonli muloqotning ahamiyatini ta’kidlab, muhim qo‘ng‘iroqlar haqida hayotiy voqealar bilan ulashishdi. Bu hatto bizning do‘stona va hamjihat bo‘lgan yurtimizda ham shunday muammo mavjudligidan dalolat. 

Matnli xabarlarga o‘tish - bu shunchaki texnologiya o‘zgarishi emas, balki ovoz ta’minlaydigan hissiy bog‘liqlikni yo‘qotishdir. Shuni yodda tutish kerakki, telefon qo‘ng‘iroqlari yaqin munosabatlarni saqlash va samimiy muloqot qilishning muhim vositasi bo‘lib qolmoqda.

Siz-chi oxirgi marta yaqinlaringizga qachon qo‘ng‘iroq qilgansiz?

Reklama

Mavzuga oid