Jahon | 20:41 / 23.10.2024
2332
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram messenjerida ommaviy uzilish yuz berdi

O‘zbekistonlik va rossiyalik foydalanuvchilar Telegram ishidagi muammolardan shikoyat qilishdi.

Foto: RBK

Telegram messenjeri ishida ommaviy uzilish yuz berdi. Buni Downdetector xizmati ma’lumotlari tasdiqlamoqda.

Ma’lum qilinishicha, mingdan ortiq foydalanuvchi messenjer bilan bog‘liq muammolar haqida xabar bergan. Murojaatlar asosan Rossiya va O‘zbekistondan kelib tushgan.

Muammolar haqida Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari, Moskva, Leningrad, Nijniy Novgorod oblastlari, shuningdek, Dog‘iston Respublikasi kabi hudud aholisi xabar bergan.

Foydalanuvchilarning 46 foizi mobil ilovadagi muammolardan, 22 foizi bildirishnomalardagi muammolardan shikoyat qilgan. Shuningdek, veb-sayt va shaxsiy kabinetning ishlashi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lib, umumiy nosozlik haqida shikoyatlar bo‘lgan.

Mavzuga oid