Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga 12 ta asosiy vazifa yuklatilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Nizom bilan qo‘mitaning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, hisobdorlik va boshqa organlar bilan hamkorlik tartibi belgilanmoqda.
Qo‘mitaga 12 ta asosiy vazifa yuklatilmoqda, ular qatorida:
- xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish;
- erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash;
- xotin-qizlarga ish topishda ko‘maklashish, ularning tadbirkorligini rivojlantirish;
- oila a’zolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ularda huquqbuzarliklarning oldini olish va boshqalar.
Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llanadi.
Shuningdek, xodimlar uchun ko‘p yillik ishlaganlik uchun qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadi:
1 dan 3 yilgacha — 0,3;
3 dan 5 yilgacha — 0,6;
5 dan 10 yilgacha — 0,8;
10 dan 15 yilgacha— 1,0;
15 dan 20 yilgacha — 1,2;
20 dan yuqori — 1,5.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Har yili davlat budjeti parametrlarida jamg‘arma uchun 15 mlrdgacha miqdorda nazarda tutiladigan mablag‘lar boshqa manbalar qatorida jamg‘armani shakllantirish manbasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi
18:52 / 27.11.2024
Prezident ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi
10:06 / 06.11.2024
Soliq qo‘mitasida 31 xodimga intizomiy chora qo‘llandi, 14 xodimning maxsus unvoni pasaytirildi
17:57 / 12.10.2024