O‘zbekiston | 21:19 / 05.09.2024
24625
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda

Sirdaryo viloyatidan 310 va Namangan viloyatidan 38,8 gektar yer maydonlari Toshkent viloyati hududiga o‘tkaziladi. O‘z navbatida Toshkent viloyatidan ushbu ikki viloyatga 370 gektardan ortiq yer beriladi. Bu viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyatining Sirdaryo va Namangan viloyatlari bilan chegara hududlariga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimotida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida quyidagi o‘zgarishlar taklif qilinmoqda:

  • Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Boyovut tumanlari va Shirin shahri) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
  • Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq. Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlari va Bekobod shahri) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 36,8 ga);
  • Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
  • Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 12,5 ga).

Qaror loyihasi mahalliy kengash deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Mavzuga oid