O‘zbekiston | 09:20 / 08.09.2024
3644
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni ma’lum qilindi

Statistika agentligi O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulangan abonentlar sonini ochiqladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvar holatiga, internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 foizga oshgan.

Hududlar orasida internet tarmog‘iga ulanganlar soni:

  • Eng ko‘p abonentlar soni Toshkent shahrida - 6,3 mln ;
  • Eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida – 700 ming.

Mavzuga oid