Latviya Belarus raqamlariga ega yengil avtomobillarni mamlakatdan chiqarib yuborishni buyurdi
Ta’kidlanishicha, 31 oktyabrdan keyin Belarusga tegishli transport vositalari Latviya hududidan faqat bir tomonlama yo‘nalishda, Yo‘l harakati xavfsizligi direksiyasining ruxsati bilan tranzit harakatlana oladi.
Latviya Belarusda ro‘yxatdan o‘tgan yengil avtomobillarni 31 oktyabrga qadar mamlakat hududidan chiqarib yuboradi. Bu haqda Boltiqbo‘yi mamlakatining parlamenti saytidagi bayonotda so‘z boradi.
«10 sentabr kuni seymdagi ikkinchi o‘qishda Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonunga shoshilinch deya topilgan o‘zgartirishlarni kiritish qo‘llab-quvvatlandi», — deyiladi xabarda.
Latiya parlamentining xalq xo‘jaligi, agrar, ekologiya va mintaqaviy siyosat bo‘yicha komissiyasiga ko‘ra, yengil avtomobillarning chiqarib yuborilishini oldinroq Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan sanksiyalar ta’minlaydi. Komissiyaning qayd etishicha, agar transport vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmasa yoki olib chiqib ketilmasa, musodara qilinishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, 31 oktyabrdan keyin Belarusga tegishli transport vositalari Latviya hududidan faqat bir tomonlama yo‘nalishda, Yo‘l harakati xavfsizligi direksiyasining ruxsati bilan tranzit harakatlana oladi.
Litva bojxona boshqarmasi 18 iyuldan boshlab Belarus davlat raqamlariga ega avtomobillarning mamlakatga kirishiga taqiq amal qila boshlashini ma’lum qilgandi. Faqat diplomatik transport vositalari uchun istisno qilinadi.
Hozirda Litvada bo‘lgan avtomobil egalari 2025 yilning 18 yanvarigacha mamlakatni tark etishlari yoki ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak. Buni qilmaganlarning mashinalari musodara etiladi.
Avvalroq, 16 iyuldan boshlab Latviyada Belarusda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar kirishi taqiqlangan edi. Riga bu chorani Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasi va Belarusga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tish xavfini kamaytirish zarurati bilan izohladi. Qaror diplomatik va konsullik vakolatxonalari, jumladan, delegatsiyalar, elchixonalar va missiyalar foydalanishi uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalariga taalluqli emas.
Mavzuga oid
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:04 / 16.12.2024
Latviyada FBK da’volari tekshirilgach korrupsiya aniqlanmadi
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
17:21 / 09.12.2024